O'zbekiston

Buxorolik erkak ukasini pichoqlab o‘ldirdi

Maʼlum bo‘lishicha, mastligi natijasida o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.

Buxorolik erkak ukasini pichoqlab o‘ldirdi

Joriy yilning 8 fevral kuni I.H. (erkak) Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi uyida soat 18:30 atrofida ukasi E.H. bilan ovqatlanib, birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mastligi natijasida o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.

 

Janjal oqibatida aka ukasini qasddan o‘ldirish maqsadida, yashash xonadonidagi oshxona pichog‘i bilan uning hayoti uchun muhim tana aʼzolari, yaʼni, o‘ng qo‘l bilak yuqori uchi sohasi va ko‘krak qafasiga urib, og‘ir tan jarohati yetkazganida qo‘lidagi oshxona pichog‘ining tig‘i E.H.ning ko‘krak sohasida sinib qolganidan so‘ng u oshxonadan yana boshqa pichoqni olgan vaqtida uyga yetib kelgan guvohlar tomonidan to‘xtatib qolingan.

 

Jabrlanuvchi E.H. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida joriy yil 13 fevral kuni tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

 

Shu yilning 3 iyun kuni Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudida marhumning akasi I.H.ga doir sud ishi ko‘rib chiqildi va unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi I.H. JKning 97-moddasi 1-qismida (qasddan odam o‘ldirish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan shu modda bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Buxorolik erkak ukasini pichoqlab o‘ldirdi | Zamon.uz