Navoiyda 1,2 mlrd so‘mlik soxta pullar yoqib yuborildi
Shuningdek, 126 million so‘mlik tibbiy vositalari yo‘q qilindi.

Amaldagi qonunchilik tartiblariga ko‘ra, chetdan noqonuniy olib kirilgan, huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan tamaki mahsulotlari va tibbiyot vositalari sud qaroriga asosan tegishli tartibda yo‘q qilinadi.
Navbatdagi ana shunday yo‘q qilish tadbirlaridan biri Navoiy shahridan olis bo‘lmagan hududda amalga oshirildi.
Tadbirda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasining masʼul xodimlari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati bo‘limi va Navoiy viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining masʼul xodimlari bilan hamkorlikda bu tadbir amalga oshirildi.
Unda tegishli organlar tomonidan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy faoliyatdan olingan 13 600 quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaretlar, 126 million so‘mlik tibbiy vositalari hamda 1 200 000 000 so‘mlik soxta pullar tegishli tartibda yondirish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Yo‘q qilish tadbirlari bevosita keng jamoatchilik ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilgan holda amalga oshirilib borilmoqda.







