“Qamchiq”da yuk mashinasi yonib ketdi
Holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

30 iyun kuni soat 00:45 da Qamchiq dovonidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 268-kilometrida yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, vodiydan Toshkent tomon harakatlangan Iveco yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan, so‘ngra YPX maskanidagi beton to‘siqqa urilgan va yonib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.







