Surxondaryoda prokuror pora bilan ushlandi
Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Surxondaryoda prokuror pora olayotganda ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
29 iyun kuni Surxondaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori “YERS” MCHJga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish bilan bog‘liq masalalariga ko‘maklashish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.







