Buxoroda do‘kon yonib ketdi
Viloyat FVB holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bugun, 2-iyul kuni soat 12:16 da Buxoro tumani Xonabod mahallasi Qumrabod qishlog‘ida joylashgan qurilish mollari savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida savdo do‘konining taxminan 40 kvadrat metr maydonida shiftning plastik qoplamalari yongan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Olov soat 12:40 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.







