Ertaga O‘zbekiston olimlari forumi boshlanadi
Unda 500 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

3-4 iyul kunlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom Sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” O‘zbekiston olimlari forumi start oladi.
Ilmiy anjumanning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5186-son qarorining “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari, muzey, arxiv, kutubxona va qo‘lyozmalar fondini boyitish tadbirlarini tashkil etishni taʼminlashga qaratilgan.
500 ga yaqin ishtirokchini qamrab olgan Forumda Islomdan avvalgi davrda Markaziy Osiyo, Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi, taʼlim, shaharsozlik va meʼmorchilik tarixi, anʼanalar, ilm-fan, sanʼat va badiiy hunarmandchilik, “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” mavzulari hamda “Imom Buxoriy muzeyi konsepsiyasi” doirasida seminarlar tashkil etiladi
Forumda taqdim etilgan har bir loyiha bo‘yicha olimlar ishtirokida muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilar fikr-mulohazalari tinglanadi.







