Toshkentda erkak nabirasini ko‘chada kaltakladi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Mirzo Ulug‘bek tumanida yoshi katta erkak bolani yuz qismiga urayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Bunga Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Aaniqlanishicha, joriy yilning 30 iyun kuni nafaqadagi erkak 4 yoshli nabirasi bilan sayr qilish uchun ko‘chaga chiqqan. Shu payt nabirasi yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan.
So‘ng uyidan olisroq bo‘lgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.







