Farg‘ona kanalidan odam jasadi topildi
U cho‘milish maqsadida kanalga borib, cho‘kib ketgan.

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona kanalida odam murdasi oqib kelganligi haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 25 iyun kuni Bag‘dod tumani Qatag‘on mahallasida yashovchi fuqaro Samandarak MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Farg‘ona” kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, cho‘kib ketgan.
Olib borilgan qidiruv ishlar davomida 28 iyun kuni uning murdasi tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarsiz O‘zbekiston tumani Zinasha mahallasi hududidan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







