Ohangaronda fuqarolar chiqindi sabab janjallashdi
Holat yuzasidan IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat 2 iyul kuni Ohangaron tumani Yangihayot mahallasi “Veterok” dala hovlilari hududida sodir bo‘lgan.
1968-yilda tug‘ilgan fuqaro S.R. ko‘chaga chiqindi tashlagan vaqtida qo‘shnisi — 1996-yilda tug‘ilgan I.N. bunga eʼtiroz bildirgan va oralarida janjal kelib chiqqan.
Bu vaqtda video tasvirda ko‘ringan ayollar ularni ajratish uchun o‘rtaga tushganlar. Fuqarolar keyinchalik o‘zaro yarashib olishgan va voqea yuzasidan IIBga murojaat qilmagan.
Hozirda Ohangaron tumani IIB tomonidan holat nazoratga olinib, qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







