O'zbekiston

Toshkentdagi suv quvuri nega yorilgandi?

Rasmiylar bunga ikki xil munosabat bildirmoqda.

Toshkentdagi suv quvuri nega yorilgandi?

Bugun, 3-iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida nosozlik yuz berib, ko‘chalarni suv bosdi. Buning ortidan ayrim hududlarda suv taʼminoti va avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatildi. 

 

Holatga Toshkent shahar hokimlgi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Suv taʼminoti" AJ hamda Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Biroq rasmiy munosabatda eʼlon qilingan maʼlumotlar bir-birini inkor qildi. 

 

Xususan, "Suv taʼminoti" AJ matbuot kotibi Ravshan Yoqubjonov yuzaga kelgan holatni qozonxonada elektr taʼminotining uzilishi bilan izohladi:

 

“Yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr ta‘minoti uzilgani sababli quvurlarda bosim ko‘tarilib ketgan va avariya holati yuzaga kelgan”.

 

Oradan biroz vaqt o‘tib esa Energetika vazirligi bu xabarni rad etib chiqdi: 

 

“Suv toshqiniga qozonxona faoliyatining hech qanday aloqasi yo‘q. 4-sonli qozonxona 2024-yilning 2-iyulidan 3-iyuliga o‘tar kechasi barqaror va shtat rejimida faoliyat yuritgan”, — deyiladi raddiyada.

 

Bir-birini inkor qiluvchi bu maʼlumotlarga iqlimshunos Erkin Abdulahatov o‘z munosabatini bildirib, bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini eslatib o‘tdi. 

 

Uning yozishicha, bu yerda “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ hukumat qarorida ko‘rsatilgan tartib asosida harakatlarni amalga oshirish kerak edi. 

 

“Shunda Toshshahar suv taʼminot AJ va Energetika vazirligi  tomonidan yangragan bir-biriga zid yanglish munosabatlarga guvoh bo‘lmas edik”, degan Abdulahatov.

 

Yuqoridagi qarorga ko‘ra, bu kabi favqulodda vaziyatda Favqulodda vaziyatlarda davlat tuzilmalari (FVDT), uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ularga belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash tegishli FVDT boshqaruv organlariga yuklanadi. 

 

Qarorning 3-ilovasi favqulodda vaziyatlarda harakatlanishda muvofiqlashtirilgan FVDT funksiyalari bilan bog‘liq 12-band qismda: “Favqulodda vaziyat to‘g‘risida aholini xabardor qilish va aholiga axborot uzatishning maxsus texnik vositalarini o‘rnatish uchun joylar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida efir vaqti ajratilishini tashkil etish va nazorat qilish” funksiyasi yuklatilgan.

 

“Agarda qadamlar shu tartibda bo‘lganida, maʼlumotlar “bir nuqtadan” chiqqanida, balki biz real vaziyatdan xabardor bo‘lib, allaqachon xato egalari ustidan javobgarliklar eʼlon qilingani guvoh bo‘larmidik?!”, deya o‘z postiga yakun yasagan iqlimshunos.

 

Javohirbek TURSUNOV

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentdagi suv quvuri nega yorilgandi? | Zamon.uz