O'zbekiston

Farg‘onada fuqaro IIB xonasida hushini yo‘qotgani aytilmoqda

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Farg‘onada fuqaro IIB xonasida hushini yo‘qotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani haqida xabar tarqalmoqda. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, 4 iyul kuni Rishton tumanining “Gumbaz” mahallasida fuqaro R.M. Sobalt avtomashinasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, “To‘xtash taʼqiqlanadi” yo‘l belgisi taʼsir doirasiga avtomashinani qo‘ymoqchi bo‘lgan. Shunda IIO xodimlari unga huquqbuzarligini tushuntirmoqchi bo‘lgan.

 

Biroq R.M. xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, haqorat qilib, transport vositasini shu yerda turgan fuqarolar va IIB xodimlari ustiga harakatlantirgan. Shundan so‘ng huquqbuzarlik sodir etayotgan shaxs zararsizlantirilib, majburiy tarzda IIO tayanch punktiga olib borilgan. Tayanch punktiga uning akasi M.R. ham kelib, baqir-chaqir qilib, xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan.

 

Shu payt R.M.ning tutqanog‘i tutib o‘zini yo‘qotgan. Unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. 

 

Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgan holat aniqlanmagan. Hozirda fuqaro R.M. va akasi M.R.ga nisbatan MJtKning 183, 194, va 195-moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

 

Xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada fuqaro IIB xonasida hushini yo‘qotgani aytilmoqda | Zamon.uz