Lifestyle

Amerikalik erkak 58 ta hot-dog yeb, rekord o‘rnatdi

U musobaqada to‘qqiz yildan beri ishtirok etadi.

Amerikalik erkak 58 ta hot-dog yeb, rekord o‘rnatdi

Nyu-Yorkda Fast-food yeyish bo‘yicha anʼanaviy musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda chikagolik Patrik Bertoletti 10 daqiqada 58 ta hot-dog yeb, oldingi rekordini yangiladi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Bertoletti ushbu musobaqada to‘qqiz yildan beri ishtirok etadi va ilk marta g‘olib bo‘ldi. Kuchli uchtalikda ikkinchi o‘rinni egallagan Jeffri Esper 53 ta, uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan Jeyms Uebb  52 ta hod-tog isteʼmol qila olgan. 

 

Tanlovda Miki Sudo ismli ishtirokchi 51 ta hot-dog yeb, ayollar o‘rtasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Amerikalik erkak 58 ta hot-dog yeb, rekord o‘rnatdi | Zamon.uz