Salomatlik

Velosipedda yurish salomatlikka qanday taʼsir ko‘rsatadi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Velosipedda yurish salomatlikka qanday taʼsir ko‘rsatadi?

Velosipedda sayr qilishning inson sog‘ligiga foydasi bisyor. Bu mashg‘ulot nafaqat qaddi-qomatning to‘g‘ri shakllanishi, balki tananing umumiy salomatligiga ham ijobiy taʼsir etadi.

 

Quyida velosipedda harakatlanishning asosiy foydalari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

 

1. Yurak-qon tomir tizimi uchun foydasi. Bu mashg‘ulot yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Xususan, yurak urishi va qon bosimini meʼyorlashtirib, og‘ir yurak xastaliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

 

2. Mushaklarni mustahkamlaydi. Velosiped uchish bo‘g‘im va mushaklarni mustahkamlaydi. Boisi bu paytda tanadagi barcha mushaklar faol harakatlanib, tonusda bo‘ladi. Natijada, umumiy jismoniy kuch va chidamlilik ortadi.

 

3. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Pedalni aylantirish metabolizmni tezlashtirib, ishtahani ochadi. Mazkur holat organizmda moddalar almashinuvi yaxshilanganini bildiradi. Shuningdek, metabolizmning tezlashishi taomning tez hazm bo‘lishi va organizmda yog‘ to‘planmasligiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, ortiqcha vaznni yo‘qotishga zamin yaratadi.

 

4. Varikozning oldini oladi. Varikozga moyilligi bor odamlar uchun pedallar juda foydali. Ushbu mashg‘ulot paytida qon turg‘unliksiz tomirlar orqali faol aylana boshlaydi. Natijada, varikozning oldi olinadi.

 

5. Tayanch-harakatlanish tizimi uchun foydasi. Velosiped uchish suyaklar mustahkamligini oshirib, artrit kabi kasalliklarga chalinish xavfi sezilarli darajada kamayadi.

 

6. Uyquni yaxshilaydi. Ushbu jismoniy faollik uyqu sifatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Uning yordamida oson uyquga ketish va uyqu davomida yaxshi dam olish mumkin. Shuningdek, doimiy pedal aylantirish organizmda endorfin gormonlarini ishlab chiqarishga ko‘maklashadi. Bu esa kayfiyatni ko‘tarib, stress, depressiya va xavotirni kamaytirishga yordam beradi.

 

7. Immunitetni mustahkamlaydi. Bo‘sh vaqtini muntazam ravishda velosipedda o‘tkazadigan insonlar tananing infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Bu bilan velosipedchilar mavsumiy virusli kasalliklardan kamroq azob chekishadi.

8. Qon aylanishini yaxshilaydi. Velosayohat qilishni kanda qilmaydiganlarda qon aylanishi yaxshilanib, terining holati ijobiy tomonga o‘zgaradi. Sababi, toza havoda jismoniy harakat sabab qon sirkulyatsiyasi, hujayralarning kislorod va boshqa oziq moddalar bilan taʼminlanishi yaxshilanadi. Bunda toksinlar kamayib, kollogen miqdori ko‘payadi va terining erta qarishining oldi olinadi. Natijada, teri tiniq va sog‘lom ko‘rinadi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, har kuni velosipedda sayr qilishni odatga aylantirish orqali sog‘lom va faol hayot tarziga erishish mumkin.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Velosipedda yurish salomatlikka qanday taʼsir ko‘rsatadi? | Zamon.uz