Angren IESda yong‘in chiqqani aytilmoqda
Holatga Energetika vazirligi izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda “Angrenda eski GRES hududida yong‘in sodir bo‘ldi” sarlavhali xabar eʼlon qilindi. Xabar yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu xabar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Angren IES hududida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Stansiya barqaror ishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan xabar mutlaqo yolg‘on.
“Shu o‘rinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda, bu kabi yolg‘on xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi munosabatda.







