Jastin Bider bitta to‘ydan 10 mln dollar ishlab topdi
Marosim Hindistonning eng boy odami tomonidan o‘tkazilgan.

Xonanda Jastin Biber Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y oldi marosimida konsert berdi.
Marosim mamlakatning eng boy odami, milliarder Mukesh Ambani merosxo‘ri — 29 yoshli Anant Ambanining to‘yi munosabati bilan o‘tkazilgan. Kelin hindistonlik tadbirkor Viren Merchantning qizi — 29 yoshli Radxiki Merchant.
Asosiy to‘y kechasi 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, biroq ungacha yana bir qancha marosimlar tashil etiladi.
OAV xabarlariga ko‘ra, kechaga ikki ming kishi yig‘ilgan. Mamlakatga kelgan Biberni aeroportda zirhli mashinada kutib olishdi.







