Samarqanddagi qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi
Holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan “S.E.Sh.” MCHJ masʼullari tomonidan hududdagi 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxt ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilingan. Holat Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi hamda shahar nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbiri davomida aniqlangan.
Hozirda, daraxtlarning yo‘q qilinishi oqibatida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Holatda jinoyat alomatlari bo‘lganligi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.







