Surxondaryoda yer qimirladi
Zilzila 4 ta tumanda qayd etilgan.

Bugun, 8 iyul kuni Surxondaryo viloyatining to‘rtta tumanida zilzila kuzatildi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan 18:04 da Tojikistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Uning kuchi Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi (2-3 ball), Uzun (2 ball), Qumqo‘rg‘on (2 ball) va Oltinsoy (2 ball) tumanlariga ham sezilgan.
Zilzila koordinatalari: 37,83 gradus shimoliy kenglik; 68,14 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 393 km janubiy-g‘arbda joylashgan.







