2025-yildan yo‘llar raqami o‘zgaradi
1800 tadan oshiq yo‘lning raqami almashtirilmoqda.

2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistondagi davlat va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar raqami o‘zgaradi. Bu Hukumatning 4 iyulda qabul qilingan qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, davlat ahamiyatidagi 4R bilan boshlanuvchi avtomobil yo‘llari endilikda tartib bo‘yicha D001 bilan boshlanadi.
Mahalliy yo‘llarga esa hududning avtomobil raqamlaridan kelib chiqib raqam berilgan. Masalan: Buxoro — 80V001, Samarqand — 30V001 shaklida.
Mamlakatdagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarining raqami eski holicha qolgan. Qarordagi ro‘yxat bilan 1800 tadan oshiq yo‘lning raqami almashtirilmoqda.







