Farg‘onada Lacetti va Jiguli avariyaga uchradi
Oqibatda haydovchilardan biri vafot etgan.

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Holat kecha, 8 iyul kuni 10:30 larda Quva tumani “Soyguzar” M.F.Y hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan R.O. Lacetti‘da boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Vaz-2101” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Oqibatda “Vaz-2101” haydovchisi A.X. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, “Vaz-2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi — 1989 yilda tug‘ilgan A.D. va Lacetti haydovchisi R.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.







