O'zbekiston

O‘zbekistonda maʼmuriy jarimalar oshirilishi mumkin

Jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda maʼmuriy jarimalar oshirilishi mumkin

Strategik islohotlar agentligi tomonidan maʼmuriy choralar va ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligi o‘rganildi. 

 

Bugungi kunda maʼmuriy jarimalar miqdorini belgilash mexanizmlarining yo‘qligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bo‘lgan jarima solinishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalish tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga doir qonun loyihalarini tashabbuskorlik bilan ishlab chiqish holatlari ko‘payib ketdi.

 

Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uchun nazarda tutilgan 8,5 mln so‘mlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 mln so‘m bo‘lgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 mln so‘m etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa o‘zgarishsiz qolmoqda.

 

Maʼlumot uchun, Qozog‘istonda avtomobil oynasini qoraytirganlik uchun o‘rnatilgan jarima 468 ming so‘mni, Rossiyada – 60 ming so‘mni, Belarusda – 138 ming so‘mni tashkil qiladi.

 

Taʼkidlanishicha, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirish uchun belgilangan jarimalardan ustuvorlik jihatidan muhimroq hisoblanadi.

 

Shuningdek, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligini taʼminlash maqsadida inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita daxldor bo‘lgan YTHlar uchun belgilangan jarimalarni qayta ko‘rib chiqish va og‘irlashtirish zarur. 

 

Maʼlumot uchun: Germaniyada piyodani o‘tkazib yubormaganlik uchun belgilangan jarima miqdori 1,1 mln so‘m, Buyuk Britaniyada – 1,6 mln so‘m, Fransiyada – 1,85 mln so‘m, BAAda – 1,7 mln so‘mni tashkil etadi.

 

Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida bir qator mamlakatlarda (Belarus, Latviya, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Italiya) maʼmuriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” instituti joriy qilingan. “Ogohlantirish” jismoniy va yuridik shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti va mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladi.

 

Shu munosabat bilan Strategik islohotlar agentligi tomonidan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

 

1) joriy maʼmuriy jarimalar miqdorini ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligini tekshirish;

 

2) fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdorini oshirish masalasini ko‘rib chiqish;

 

3) Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalarining korrupsiyaga qarshi kompleks ekspertizasini o‘tkazish;

 

4) Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga maʼmuriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantirish” institutini kiritish.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonda maʼmuriy jarimalar oshirilishi mumkin | Zamon.uz