Siyosat

Aeroportda 58 mln so‘mlik tilla to‘xtatib qolindi

Yo‘lovchi ularni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Aeroportda 58 mln so‘mlik tilla to‘xtatib qolindi

Bugun, 10 iyul kuni Istanbul — Toshkent yo‘nalishidagi reysda uchib kelgan va “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchi H.S.ning o‘zini tutishi bojxona xodimlarining eʼtiborini tortgan.

 

Shundan so‘ng fuqaroning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Uning 1 dona qora rangli qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan 15 gramm oq rangli metalldan yasalgan, oq rangli toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari aniqlangan.

Bundan tashqari, yo‘lovchi qo‘lida ushlab turgan poliyetilen paket bilan o‘ralgan antiperspirant ichiga berkitilgan umumiy og‘irligi taxminan 61 gramm bo‘lgan sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi maʼlum bo‘lgan.

 

Aniqlangan zargarlik buyumlarining muqobil manbalarda belgilangan qiymatiga asosan taxminiy narxi 58 565 000 so‘mni tashkil etgan.

 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Aeroportda 58 mln so‘mlik tilla to‘xtatib qolindi | Zamon.uz