O'zbekiston

Navoiyda Kiberxavfsizlik bo‘linmasi xodimi pora bilan ushlandi

DXX tomonidan bir nechta hududda korrupsiya bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.

Navoiyda Kiberxavfsizlik bo‘linmasi xodimi pora bilan ushlandi

Xususan, Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i 2023 yilning may oyidan 2024 yilning may oyiga qadar ushbu korxonada elektr energiyasi oqimini hisobga olish va nazorat qilish muhandisi vazifasida ishlab kelib, savdo faoliyatini olib borishga ixtisoslashgan MCHJning elektr energiyasidan 202 mln 500 ming so‘mlik qarzdorligini tanishlari orqali hisobdan chiqartirib berish evaziga 90 mln so‘m talab qilgan.

 

U 2023 yilning iyun-dekabr oylari davomida tadbirkordan jami 78 mln so‘m oladi, ammo vaʼdasini ustidan chiqa olmasgan. Shundan so‘ng barcha olgan pullaridan dastlabki 3 mln so‘mini uchinchi shaxs orqali qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, Toshkent viloyatining Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari o‘zining mansabdor tanishlari orqali Namangan viloyatining Davlatobod tumanida barpo etilayotgan “Yangi Namangan shaharchasi”ni ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Kosonsoy shahridagi suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish loyihasini tender savdolarida yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari ushbu noqonuniy ishga aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.

 

Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmasi katta tezkor xodimi Karmana tumanida yashovchi fuqaroning plastik kartasidan 62 mln so‘m pul mablag‘ini noqonuniy yechib olgan shaxslarni aniqlab berish evaziga 600 AQSH dollari talab qilgan.

 

Bunday holatlarni fosh etish katta tezkor xodimning bevosita xizmat vazifasiga kirsada, u jabrlanuvchidan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” —  Zelenskiy

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya delegatsiyasi Donbassning Kiyev nazoratida qolayotgan hududlarini ham bosib olingan deb da’vo qilganini aytdi.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.