Lifestyle

Xitoylik erkak shimida aeroportdan ilon olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Tekshiruvda uning yonida 104 ta ilon borligi aniqlangan.

Xitoylik erkak shimida aeroportdan ilon olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Xitoyda 100 dan ortiq ilonni shimida mamlakatga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U sudralib yuruvchilarni vakuumli sumkaga solib, cho‘ntagida yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

 

Tekshiruv davomida yo‘lovchining yonida turli shakl va rangdagi 104 dona ilon borligi aniqlangan. Erkak noyob ilonlarni Honkongdan Shenjenga olib kelayotgan bo‘lgan.

 

Kontrabandachi bioxavfsizlik va veterinariya nazorati to‘g‘risidagi qonunlarni buzgani sababli jinoiy javobgarlikka tortilishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"