Qo‘qonda ayol liftda qamalib, hushidan ketdi
Holatga Qurilish vazirligi munosabat bildirdi.

Qo‘qon shahrida ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi ayol yosh bolasi bilan liftda qamalib qolishi natijasida hushidan ketdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi hamda boshqarmaning Qo‘qon shahar bo‘limi, Qo‘qon shahar hokimligining masʼul xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tashkil etilib, ona-bola qutqarib olingan.
Hozirda mazkur masala bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytilgan.







