Bo‘kada jiyanini o‘ldirgan ayol qamaldi
Unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Holat joriy yilning 12-mart kuni soat 01:00 da sodir bo‘lgandi. Qizaloqning ota-onasi uni ammasiga ishonib topshirib, o‘zlari xorijga ketgan.
Ammasi qizni dars tayyorlamaganligi va yolg‘on gapirganligini vaj qilib, mazkur xatti-harakatlari uchun go‘yoki jazolayotgandek ko‘rsatib, o‘ta shafqatsizlik bilan uning tanasining turli joylaridan qo‘llari bilan chimchilab, tanasining boshqa joylariga qo‘llari va yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Bo‘ka tumani sudida ko‘rib chiqildi.
“Birinchi bizga yiqilib tushdi, dedi. Kelganimizda o‘zimizda emas edik. Yelkalari ko‘karib, boshini bint bilan bog‘lab qo‘ygan ekan. Bog‘chada, maktabda qizimni hamma maqtab kelardi. Jim o‘tir desa, jim o‘tirardi. Bular 3-4 ta daftar olib kelib, shuni to‘ldirasan, deb majburlagan ekan”,- deydi marhuma qizning onasi.
Sudlanuvchi marhumaning ona-onasidan kechirim so‘rab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 104-moddasi 3-qismi “D” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.







