O'zbekiston

Namanganda masjidni buzgan qurilish rahbari qamaldi

U tergov davomida 1 mlrd jarima to‘lagan.

Namanganda masjidni buzgan qurilish rahbari qamaldi

Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” darvozasi va minorasi to‘liq buzib tashlanishi oqibatida yodgorlikka 554,4 mln zarar yetkazildi.

 

Maʼlum qilinishicha, Namangan shahridagi “Sirli masjid”ning kirish darvozasi bilan minorasi buzilishida yodgorlikka zarar yetkazgan qurilish rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan qurilish rahbari JKning 132 moddasi (Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga zarar yetkazish) bilan ayblangan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Tergov davomida rahbar tomonidan yetkazilgan 554,4 mln zarar uch karra, yaʼni 1 mlrd 663 mln so‘m miqdorida qoplangan. Qonunchilik talablariga ko‘ra, unga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha sud-tergov ishlari davom etmoqda.

 

Maʼlumot uchun, JKning 132 moddasiga asosan, yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplansa, qamoq jazosi qo‘llanilmaydi.

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

custom img

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talablar amalda bajarilib, ijro ishi yakunlangan.

custom img

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

custom img

Makkaga dron hujumi: O‘zbekiston TIV hujumga urinishni keskin qoraladi

Vazirlik Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirib, barcha tomonlarni vazminlikka va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"