Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
MB valyutalarning yangi qiymatini belgiladi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Dollar kursi 1,91 so‘mga oshib, 12 587,94 so‘mni tashkil qilgan.
Yevro kursi 59,98 so‘mga oshib, 13 776,24 so‘m qilib belgilangan.
Rubl kursi 0,80 so‘mga pastladi va 143,19 so‘mga to‘g‘ri kelgan.







