O'zbekiston

Paxta-to‘qimachilik klasterlariga imtiyozli kredit muddati uzaytirildi

Bu yil imtiyozli kredit ip-yigiruv korxonalariga beriladi.

Paxta-to‘qimachilik klasterlariga imtiyozli kredit muddati uzaytirildi

Prezident boshchiligida o‘tayotgan yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Ularga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025 yil 1 aprelgacha uzaytirilishi belgilandi.

 

Qayd etilishicha, o‘tgan yili paxta yetishtirish uchun olingan kreditni muddatida to‘liq qaytargan klasterlarga imtiyozli kreditning 8 foizi qaytariladi.

 

Bu yil paxta xaridi uchun imtiyozli kredit klasterlarning ip-yigiruv korxonalariga beriladi.

 

Klasterlar sotib olingan paxta tozalash zavodi qiymatining kamida 35 foizini to‘lasa, bu mulkni garovga qo‘yishga ruxsat beriladi.

 

Mutasaddilarga chuqur tahlil qilib, iqtisodiy samarasiz, moliyaviy majburiyati yuqori bo‘lgan klasterlar maqomini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

custom img

O‘zbekistonda “E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi

Platformada bo‘sh savdo o‘rinlari haqidagi ma'lumotlar e'lon qilinib, bir qator xizmatlar onlayn ko‘rsatiladi.

custom img

Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi

Chaqaloqlarning uch nafari qiz, ikki nafari esa o‘g‘il bo‘lib, ona va bolalarning ahvoli yaxshi.

custom img

O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘tkaziladi

Forumda 50 dan ortiq mamlakatdan 300 ga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etishi kutilmoqda

custom img

O‘zbekistonda 220 ming xonadonning gaz ta’minoti yaxshilanadi

711,9 kilometr gaz tarmog‘i va 400 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlanadi hamda rekonstruksiya qilinadi.

custom img

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,27 mln gektarda o‘rmon barpo etiladi

Surxondaryoda 10 ming gektar yashil hudud barpo etish, Sirdaryoda 84 kilometrlik "yashil devor" yaratish hamda Orolning qurigan tubida ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish taklif etildi.

custom img

Bektemirda giyohvand moddalarni “zakladka” usulida tarqatgan shaxslar ushlandi

Qo'lga olingan uch nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentda kanalizatsiya suvi Salor kanaliga oqizilgan

Kanal suvidan belgilangan tartibda namunalar olinib, laboratoriya tahliliga yuborilgan.

custom img

Adabiyot muzeyi yopilmaydi, yangi binoga ko‘chiriladi — Fanlar akademiyasi

Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi faoliyati yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, muzey yangi bino foydalanishga topshirilgach o‘z ishini davom ettirishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"