1 million so‘mlik banknota chiqadimi? Markaziy bank javob berdi
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tasvirlangan banknota dizayni ham e’lon qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 1 million so‘mlik banknota muomalaga chiqarilishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shuningdek, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tasvirlangan banknota dizayni ham e’lon qilindi.
Markaziy bank ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
“Bu ma’lumot asossiz, yolg‘on va soxta. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi regulyator xabarida.
Markaziy bank fuqarolarni ishonchli ma’lumot olish uchun tashkilotning rasmiy veb-sayti va axborot kanallarini kuzatib borishga chaqirdi.








