Tarixiy obidalar va muzeylarga kirish 50 foizga arzonlashadi: kimlar uchun?
Imtiyoz 1–30-noyabr kunlari amal qiladi.

O‘zbekistonda 2026-yil 1–30-noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida keksa yoshdagi fuqarolar uchun madaniy meros obyektlari, davlat muzeylari hamda muzey-qo‘riqxonalarga kirish chiptalariga 50 foizlik chegirma joriy etiladi.
Mazkur imtiyoz keksalarning tarixiy obidalar va muzeylarga tashrif buyurish imkoniyatlarini kengaytirish, mazmunli hordiq chiqarishini rag‘batlantirish hamda mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishishiga ko‘maklashishga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 1-son majlis bayonining 7-bandida “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida madaniy meros obyektlari va davlat muzeylariga tashrif buyuruvchilar uchun chegirmalar e’lon qilish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan.








