Salomatlik

Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar

Sog‘lom uzoq umr ko‘rish ko‘p jihatdan insonning o‘z harakatiga bog‘liq.

Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar

Har bir inson yuz yoshga yetib, nevara va chevaralarining ulg‘ayishini ko‘rishni orzu qiladi. Ammo nafaqat uzoq umr ko‘rish, balki keksalikni baxtli, sog‘lom, kuchga to‘la holda kutib olish muhimdir.

 

Keksalikda inson organizmi hayot sifatini yomonlashtiradigan tabiiy o‘zgarishlarga duch keladi. Osteoporoz, hissiy funksiyalar (eshitish, ko‘rish) pasayishining oldini olishga va turli jarohatlar ehtimolini tushirishga alohida eʼtibor qaratish lozim.

 

Sog‘lom qarish va uzoq umr ko‘rish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur.

 

1. To‘g‘ri ovqatlanish. Kuniga kamida 5 marta ovqatlaning. Ratsioningizdan achchiq, yog‘li, sho‘r ovqatlarni chiqarib tashlang. Shirinlik isteʼmolini minimal darajaga tushiring. Kuniga kamida 500 g meva va sabzavotlar yeng. Immunitet tizimini mustahkamlash uchun ratsioningizga kalsiyga boy bo‘lgan sut mahsulotlari, baʼzi bargli sabzavotlar; osteoporozning oldini olish uchun magniy, fosfor va D vitamini bo‘lgan; yurak-qon tomir tizimi va miya holatini normal holda saqlash uchun tarkibida to‘yinmagan yog‘lar, ayniqsa Omega-3 bo‘lgan mahsulotlarni qo‘shing. Qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan taomlarni ko‘proq isteʼmol qiling. Yotishdan oldin ovqatlanmang.

 

2. Jismoniy faollik. Katta yoshlilar kuniga hech bo‘lmaganda yarim soat harakatda bo‘lishi kerak. Toza havoda piyoda sayr qilish, velosipedda yurish va suzish tananing ko‘plab aʼzolari va tizimlarini sog‘lom holatda saqlashga yordam beradi. asosiysi, muntazam ravishda shug‘ullanish kerak. Jismoniy faollik yurak-qon tomir tizimining holatini yaxshilaydi, suyaklarni mustahkamlaydi hamda ularga qon va kislorod yetkazib berishni rag‘batlantirish orqali miya hujayralarini sog‘lom holda saqlaydi.

 

3. Miyani ishlatuvchi mashg‘ulotlarni bajarish. Mantiqiy masalalar, krossvordlarni yechish, kitob o‘qish va ulardagi voqealarni kimgadir hikoya qilib berish, yangi bilimlarga ega bo‘lish tavsiya etiladi.

 

4. Rejimga rioya qilish. Doim bir vaqtda uyg‘onish, badantarbiya qilish, ovqatlanish va uyquga yotishga harakat qiling. Kuniga kamida 8 soat uxlang.

 

5. Ijtimoiy faol bo‘lish. Qarindoshlar, do‘stlar va yaqinlar bilan muloqot qilish, qiziqarli tadbirlar, ko‘rgazmalar, teatrlarga borish sog‘lom uzoq umr ko‘rishning muhim tarkibiy qismidir. Yolg‘izlik salomatlikka salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

 

6. Optimistik dunyoqarash. Hayotga ijobiy munosabat umr ko‘rish davomiyligini oshiradi va stress darajasini pasaytiradi, salomatlikni saqlashga yordam beradi.

 

7. Xobbi. Bog‘dorchilik, kitob o‘qish, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish yoki yoqimli musiqani tinglash kabi sevimli mashg‘ulotlaringizga vaqt ajrating.

 

8. Yomon odatlardan voz kechish. Yurak, qon tomirlar va o‘pkaning eng jiddiy kasalliklari chekish bilan bog‘liq, spirtli ichimliklar esa barcha tizimlar va organlarga zarar keltiradi.

 

9. Salomatlik holatini muntazam tekshirib turish. Vazn va bel aylanasi meʼyoridan oshib ketmasligiga eʼtiborli bo‘ling. Bel aylanasi erkaklar uchun 102 sm, ayollar uchun 88 sm dan ortmasligi kerak. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni erta tashxislash uchun har yili shifokoringiz ko‘rigidan o‘tib turing. Qon bosimi, xolesterin va qondagi shakar miqdorini kuzatib boring. Surunkali kasalliklaringiz bo‘lsa, muntazam kerakli tekshiruv va davolanishdan o‘ting. Ko‘rish va eshitish bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun quyoshning ultrabinafsha nurlanishidan o‘zingizni asrang va shovqinli joylarga bormang.

 

Sog‘lom qarish nafaqat umr ko‘rish davomiyligini, balki hayot sifatini — jismoniy, aqliy va hissiy salomatlikni ham o‘z ichiga oladi. Sog‘lom uzoq umr ko‘rish ko‘p jihatdan insonning o‘z harakatiga bog‘liq. Ha, bu oson ish emas va doimiy tarzda o‘z ustida ishlashni talab qiladi. Ammo keksalikkacha baxtli va o‘z hayotidan mamnun bo‘lib yashash uchun arziydi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"