Aybsiz mahbus 43 yildan so‘ng ozodlikka chiqdi
U ruhiy bosim ostida so‘roq qilinib, aybiga iqror bo‘lgandi.

Qilmagan jinoyati uchun ayblanib, 43 yil umrini qamoqxonada o‘tkazgan amerikalik ayol ozodlikka chiqdi.
U kutubxonachi ayolni pichoqlab o‘ldirishda aybdor deb topilib, 1980 yilda bir umrga ozodlikdan mahrum etilgandi. Ayolga qarshi qo‘yilgan yagona dalil — ayol aybiga iqror bo‘lgani edi.
Oradan qirq yil o‘tib, sud ishni qayta ochib, ko‘rib chiqishni boshladi va Hemme aybdor emas, degan xulosaga keldi. Iyun oyidagi sud qarorida aytilishicha, gumonlanuvchi ruhiy xastaliklar shifoxonasida, trankvilizatorlar taʼsiri ostida so‘roq qilingan.
Missuri shtati prokurori aybsiz 43 yil qamoqda o‘tirgan ayolni qo‘yib yubormaslik uchun so‘nggi daqiqalargacha kurashdi. Faqatgina sudya prokurorni sudga hurmatsizligi uchun jinoiy javobgarlikkka tortishi mumkinligini aytganidan so‘nggina qamoqxonaning temir darvozalari ochilgan.







