Salomatlik

JSST: Vabo dunyo bo‘ylab tarqalishi mumkin

Shu yilning o‘zida 250 ming kishi ushbu kasallikni yuqtirdi.

JSST: Vabo dunyo bo‘ylab tarqalishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida dunyo bo‘ylab vabo kasalligi tarqalish xavfi juda yuqori, deb baholandi.

 

Gap shundaki, joriy yilning birgina iyun oyida 18 mamlakatda yashovchi 40,5 ming nafardan ko‘proq bemorda ushbu xastalik aniqlandi. Ularning 166 nafari epidemiya oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

 

Aksariyat vabo o‘choqlari, yaʼni 32,5 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida ro‘yxatga olingan. Afg‘onistonda qariyb 18,7 ming, Yamanda 6,6 mindan ortiq, Pokistonda esa 5200 dan ziyod kishi ushbu infeksiyani yuqtirgan.

 

“JSST dunyo bo‘ylab epidemiyalar soni ortishi va ularning tarqalish ko‘lami kengayishi, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslar taqchilligini hisobga olib, global darajadagi xavfni juda yuqori, deb baholashda davom etmoqda”, — deyiladi hisobotda.

 

Chindan ham, hozir qator davlatlarda vaboga qarshi emlash vositalari yetishmovchiligi kuzatilyapti. Masalan, o‘tgan yil yanvar oyidan buyon 17 ta mamlakat 102 million doza vaksina so‘ragan bo‘lsa, ishlab chiqarish miqdori 51 million dozani tashkil etdi. Bugun esa zaxiradagi 7,5 million doza emlash vositasi qolgan, xolos.

 

Umuman, joriy yil yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan va ulardan 2 137 nafari vafot etgan.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

JSST: Vabo dunyo bo‘ylab tarqalishi mumkin | Zamon.uz