Marsda toza oltingugurt konlari topildi
Ushbu kashfiyot olimlarning eʼtiborini tortdi.

“Curiosity” roveri Qizil sayyoradagi toshlarni yorib, ularning ichidan sariq oltingugurt kristallarini topdi.
2023 yil oktyabr oyidan beri rover Marsning sulfatlarga boy hududini, tarkibida oltingugurt bor va suv bug‘langanda hosil bo‘ladigan tuz turini o‘rganmoqda. Ilgari qurilma oltingugurtning boshqa minerallar bilan aralashmasini aniqlagandi. Ikkinchi holda esa u sof (elementar) oltingugurtni topdi. Elementar oltingugurtning mintaqadagi boshqa oltingugurtga asoslangan minerallar bilan qanday aloqasi borligi hozircha nomaʼlum.
Elemental oltingugurt hidsiz va faqat maʼlum sharoitlarda hosil bo‘ladi. Keyingi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, Mars mintaqasida oltingugurt zaxiralari juda ko‘p - roverning kameralari ushbu moddadan yorqin toshlarning butun maydonini suratga oldi.
Rover Sharp tog‘idan o‘tuvchi Gediz-Vollis kanali orqali harakatlanadi. Uning vazifasi landshaftni, shu jumladan, qadimgi konlarni o‘rganishdir.







