O'zbekiston

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga 2027-yil 1-fevralga qadar vazirlik markaziy apparatiga xodimlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbat asosida ishga qabul qilish vakolati berildi. Bu Prezidentning 19-oktyabr kuni imzolangan “Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

 

Qarorga ko‘ra, Ta’lim va ilm-fan vazirligi ta’lim, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

 

Vazirlik faoliyatida autsorsing asosida ikkita faoliyat tashkil etiladi. Jumladan, aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qilish, ularni tezkor ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish uchun “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, aholi va ta’lim-ilm-fan tizimi xodimlari bilan muntazam muloqot qilish, ta’lim xizmatlari sifati va ommabopligi hamda mavjud muammolar haqida tezkor axborot olish va ularni tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi joriy etiladi.

 

Vazir huzurida ta’lim oluvchilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va ish beruvchilar vakillaridan iborat Ta’lim bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.

 

Vazirlik hay’ati esa vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan shakllantiriladigan 15 nafar a’zodan iborat bo‘ladi.

 

Qarorda inson kapitalini rivojlantirish va ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator tashkiliy choralar ham belgilangan. Unga ko‘ra:

 

  • Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etiladi;
  • vazirlik huzurida Inson kapitalini rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi;
  • vazirlik huzurida Ta’lim va ilm-fan bo‘yicha strategik tadqiqotlar va baholash markazi tashkil etiladi;
  • Bilim va malakalarni baholash agentligi Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzurida tashkil qilinadi;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish markazi faoliyati tugatiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazirning ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari uchun mas’ul birinchi o‘rinbosari — Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovga biriktirilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar ro‘yxati ma’lum bo‘lgandi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Bolalar farovonligi — kelajakka sarmoya: Samarqandda jahon sammiti boshlandi

Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq davlat vakillari va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.