Buxorodagi maktab-internatda o‘quvchi kaltaklandi
Holatga MMTV rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro shahridagi 27-sonli maxsus maktab internatining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z o‘quvchisiga qo‘pol tarzda munosabatda bo‘lib, unga nisbatan kuch ishlatganligi aks etgan videolavha tarqaldi.
Qayd etilishicha, holat 2024 yilning fevral oyida aniqlangan bo‘lib, pedagoglik majburiyatlarini buzganligi va o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatganligi uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.







