O'zbekiston

Prezidentga olimpiya harakati rivoji bo‘yicha axborot berildi

Davlat rahbari Olimpiya o‘yinlarida sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Prezidentga olimpiya harakati rivoji bo‘yicha axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi.

 

Aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida mamlakatimizda sport keng rivojlantirilmoqda. Buning uchun stadionlar, mashg‘ulot zallari, “workout” maydonchalari, yugurish yo‘laklari, sport maktablari va majmualaridan iborat ulkan infratuzilma bor.

 

Mahallalardagi sog‘lom muhit, hududiy musobaqalar, “Besh tashabbus olimpiadasi” taʼsirida sportsevarlar safi kengayib bormoqda. Shu bilan birga, yoshlar orasidan qobiliyatlilari saralab olinib, mahoratli professional sportchilar tayyorlanmoqda.

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida bu soha bo‘yicha ham ko‘plab vazifalar belgilangan. Unga muvofiq, umumiy taʼlim muassasalari birlamchi sport jihozlari bilan taʼminlandi. Mahallalardagi stadionlar va boshqa sport maydonchalaridan foydalanish vaqti uzaytirildi. 10 million aholini ommaviy sportga jalb qilish maqsadida joylarda futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, yengil atletika, kurash kabi sport turlari bo‘yicha besh bosqichli musobaqalar o‘tkazilmoqda.

 

Hududlarda sport uchun sharoitlarni kengaytirish, seleksiya jarayonlarini raqamlashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi ishlar ham qayd etildi.

 

Davlatimiz rahbariga XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha ham axborot berildi.

 

Maʼlumki, ushbu nufuzli musobaqa 26 iyul – 11 avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda 206 ta mamlakatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi.

 

O‘zbekistondan 19 ta sport turi bo‘yicha jami 90 nafar sportchi qatnashadi. Ahamiyatlisi, anʼanaviy sport turlaridan tashqari bu yil ilk bor futbol, suvga sakrash, kamondan otish, ayollar kurashi bo‘yicha ham yo‘llanmalar olingan. Qolaversa, bu yilgi olimpiyachilarimizning 36 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

 

Terma jamoalarimiz ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko‘rdi. Har bir sportchi bo‘yicha individual strategiya qabul qilinib, ularning saralash musobaqalaridagi, mahalliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulotlardagi ishtiroki taʼminlandi. 15 ta olimpiya va paralimpiya markazida hamda viloyatlardagi sport bazalarida tayyorgarlik uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shuningdek, sportchilar muntazam chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy-biologik taʼminot va farmakologiya yo‘nalishlarida tizimli choralar ko‘rildi.

 

Davlatimiz rahbari Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizga muvaffaqiyat tiladi. Mutasaddilarga iqtidorli yoshlarni tanlash va qo‘llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezidentga olimpiya harakati rivoji bo‘yicha axborot berildi | Zamon.uz