Toshkentdagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi
Hodisa joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Bugun, 23 iyul kuni soat 12:35 da Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, zudlik bilan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, olov soat 12:56 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Asosiy binoga zarar yetmagan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.







