Qamchiqda Equinox yonib ketdi
Bunga elektrning qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Voqea bugun, 24 iyul kuni soat 12:55 da A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 254.6-kilometri qismi “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida sodir bo‘lgan.
Harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli avtotransport vositasining elektr qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda mashinada yong‘in chiqqan.
“Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yonib ketgan avtotransport vositasidagi yong‘in bartaraf etildi. Tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi rasmiy xabarda.







