Lifestyle

Oyda suv borligi aniqlandi

U zond olib tushgan tuproq namunalaridan topilgan.

Oyda suv borligi aniqlandi

Xitoyning “Chanʼe-5” zondi tomonidan to‘plangan Oy tuprog‘i namunalarida suv izlari topildi.

 

Zond 2020 yilda o‘z missiyasini yakunlab, Oydan Yerga tosh va tuproq namunalarini olib kelgandi. Olimlar namunalarni tahlil qilish uchun infraqizil detektordan foydalanishdi, bunda suv izlari borligi aniqlandi.

 

Avvalroq NASA Oyda suv borligini tasdiqlagan va suv izlari 1960-1970-yillarda to‘plangan namunalarda ham topilgandi. Biroq “Chanʼe-5” tomonidan to‘plangan namunalar ancha yuqori kengliklardan olingan bo‘lib, Oy yuzasida suv qay holatda mavjudligi haqida yangi maʼlumotlarni taqdim etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"