Samarqandda ETK sobiq xodimi pora bilan ushlandi
Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Urgut tumani elektr taʼminoti korxonasi sobiq muhandisi A.N. MCHJ hisobchisi F.N.ning ishonchiga kirib, ushbu MCHJning quruq mevani qayta ishlash faoliyati uzluksiz ishlashi uchun 14 000 AQSH dollari evaziga alohida elektr tarmog‘ini tortib, yangi transformator o‘rnatishi hamda tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilgan. Natijada undan 7 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Shuningdek, tekshiruv davomida A.N. tomonidan 7 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







