Lifestyle

Endi Qirg‘izistonda Otalar kuni nishonlanadi

Bu bo‘yicha maxsus qonun qabul qilindi.

Endi Qirg‘izistonda Otalar kuni nishonlanadi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasida Otalar kuni va onalar kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

 

Qonun Qirg‘iziston parlamenti tomonidan 2024 yil 26 iyun kuni qabul qilingandi. 

 

Unga ko‘ra, endi har yili 15 mart kuni mamlakatda Otalar kuni,  may oyining uchinchi yakshanbasi esa Onalar kuni nishonlanadi. 

 

Qonun oila institutini mustahkamlash, shuningdek, otalar va onalarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va hissasini eʼtirof etishga qaratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Endi Qirg‘izistonda Otalar kuni nishonlanadi