Toshkentda issiq suv quvuri yorilib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Uchtepa tumanida issiq suv quvuri yorilib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Bu bo‘yicha tuman hokimligi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Uchtepa tumani Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida muammo yuzaga kelgan. Ayni damda ushbu muammo to‘la bartaraf etilgan.







