Bir oilani o‘ldirishda gumonlangan shaxs ushlandi
U tergovda voqeaga nima sabab bo‘lganini aytgan.

Yangiyo‘l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 29 yoshli gumonlanuvchi shaxs jabrlanuvchi erkak (marhum)ning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o‘rtalarida mavjud bo‘lgan qarz munosabati sababli sodir etganligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.







