Salomatlik

Nega ertalab nonushta qilish kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Nega ertalab nonushta qilish kerak?

Ko‘pchilik insonlar ertalab ishga yoki o‘qishga shoshilib, nonushta qilishni unutadi. Ayrimlar esa ishtahasi yo‘qligi tufayli tamaddi qilishni xushlamaydi. Ammo bunga doimiy odatlanish organizmda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

— Ertalab nonushta qilishning salomatlik uchun foydasi katta, — deydi Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shoira Abdusattarova. — Eng avvalo, u kunni yaxshi boshlash va yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradi. Qolaversa, tongi tamaddi organizmni energiya va zarur ozuqa moddalari bilan taʼminlaydi.

 

Ertalab nonushta qilmaslik tufayli tana quvvat manbaidan ayriladi. Oqibatda organizm o‘zining saqlangan energiya resurslarini ishlatishga majbur bo‘ladi.

 

Natijada kun davomida charchoq, diqqatning yo‘qolishi va konsentratsiyaning pasayishi kuzatiladi. Bu, ayniqsa, ishda va o‘qishda yuqori samaradorlikka erishishga to‘sqinlik qiladi. Mazkur holat muntazam davom etganda, oshqozon-ichak trakti kasalliklarining kuchayishi va jigar-o‘t faoliyatida qator muammolarga olib kelishi mumkin.

 

Bundan tashqari, ertalabki ovqat metabolizmni tezlashtirib, organizmning kaloriyalarni tezroq sarflashini taʼminlaydi. Nonushta qilmaslik bu jarayonni sekinlashtirib, tanada ortiqcha vazn yig‘iladi.

 

Shuningdek, tonggi tamaddi qonda shakar miqdorini normal holatda ushlab turishga yordam berishi bilan foydali. Agar nonushta qilinmasa, qonda qand miqdori pasayib ketishi mumkin. Bu esa uyquchanlik, asabiylik va ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Shu bilan birga, oshqozonda kislota miqdorining oshishi tufayli turli xastaliklar, xususan, gastrit yoki yara paydo bo‘lish ehtimoli yuqori.

 

Bilamizki, muntazam va to‘g‘ri ovqatlanish immun tizimini mustahkamlaydi. Nonushta qilmaslik esa aksincha immunitetning pasayishiga va organizmning turli infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatining susayishiga sabab bo‘ladi.

 

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, ertalab uyqudan turganda so‘ng ovqatlanmaydiganlar yiliga 3-5 kilogrammgacha vazn orttiradi va 35-50 yoshga borib ularda semizlik bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin.

 

Albatta hammaga birdek mos keladigan universal nonushta yo‘q. Bu organizmning o‘ziga xosligigiga bog‘liq. Xususan, yuqori kislotalik va intensiv hazm qilish holati bo‘lgan odamlar kuchli nonushta qilishi, aksincha bo‘lsa, yengilroq tamaddi qilgani maqsadga muvofiq.

 

Tongni bir stakan iliq suv ichish bilan boshlash salomatlik uchun koni foyda. Nonushtaga esa tuxum, tovuq go‘shti, javdari undan qilingan non va non mahsulotlari, asal pishloq va bo‘tqalar tanovul qilish tavsiya etiladi.

 

Aksincha, xamirturushli non, pishiriqlar, allergik reaksiyalarni keltirib chiqaruvchi sitrus mevalarni isteʼmol qilish va kofe ichish mumkin emas.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Nega ertalab nonushta qilish kerak? | Zamon.uz