Amerikalik bola salkam 2 metr soch o‘stirib, rekord o‘rnatdi
U sochini parvarishlash uchun har kuni 1,5 soat vaqt sarflaydi.

Janubiy Dakotada yashovchi 17 yoshli Ruben o‘smirlar orasida eng uzun soch o‘stirgan yigit sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Ruben ikki yoshidan beri sochini oldirmaydi, chunki u soch kesish mashinasidan qo‘rqadi. Keyinchalik ulg‘aygan sari o‘z qabilasining urf-odatlariga amal qilib, soch o‘stirishda davom etgan. O‘smirning aytishicha, mahalliy aholi uzun sochlarni o‘z ruhining bir qismi deb bilishadi.
Hozirda yigitning sochi 161 sm. U har kuni ertalab sochlarini shampun va konditsioner bilan yuvish uchun taxminan 20 daqiqa vaqt sarflaydi. Keyin quritish uchun bir soat kerak, tarash va o‘rash uchun yana 10 daqiqa kerak bo‘ladi. Ruben odatda sochlari uzun o‘ralgan holda yuradi.







