Salomatlik

Insult nega yoshlar orasida ham uchramoqda?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Insult nega yoshlar orasida ham uchramoqda?

So‘nggi yillarda dunyo aholisi orasida insultga chalinish holatlari tobora ortib bormoqda. Achinarlisi, noto‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki yoshlar orasida ham tez-tez kuzatilyapti.

 

— Insult – inson hayotiga zomin bo‘ladigan jiddiy xastalik, — deydi mutaxassis. — U eng ko‘p tarqalgan o‘lim sabablari orasida uchinchi o‘rinda turadi. Qolaversa, bu dard dunyo aholisi orasida nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bois bu kasallikning oldini olish choralari haqida ko‘proq maʼlumotga ega bo‘lish foydadan holi emas.

 

Insult – bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi tufayli miya to‘qimasining shikastlanishidir. Uning ikkita – gemorragik va ishemik turlari bor.

 

Gemorragik insult – miya to‘qimasiga, to‘r osti bo‘shlig‘iga yoki miya qorinchalariga qon quyilishi bilan kechadigan miyadagi qon aylanishining o‘tkir buzilishidir. Xastalikning bu turida barcha belgilar ishemik insultdagiga qaraganda ancha yaqqol namoyon bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, insultning bu turida bemor qusadi, yuzi qizaradi, uyquchan bo‘lib, ensa mushaklarida spazm hosil bo‘ladi va ko‘z to‘r pardasiga qon quyiladi. Gemorragik insult to‘satdan boshlanib, juda tez rivojlanadi.

 

Ishemik insultda bosh miyani ozuqa bilan taʼminlovchi asosiy qon-tomirlar trombozga uchraydi, yaʼni berkilib qoladi yoki mayda tomir tarmoqlarida spazm rivojlanadi.

 

Miya qon aylanishining buzilish nuqsonlari insonda bir necha oy, hatto yillar davomida paydo bo‘ladi. Ular insult belgilariga o‘xshaydi, biroq bir necha daqiqada, kamdan-kam hollarda bir necha soat mobaynida davom etishi bilan farq qiladi. Ko‘pincha bu alomatlar tezda o‘tib ketadi va miya faoliyati tiklanadi.

 

Lekin bunday tiklanishlarga ishonmaslik kerak, ishemik kasallik yillar davomida surunkali ravishda miya to‘qimalarini yemirib boradi.

 

Insultga olib keluvchi omillarning deyarli barchasining oldini olish mumkin. Bu omillar: qonda xolesterin miqdorining oshib ketishi, alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish va tamaki chekish, kamharakatlik, ruhiy zo‘riqishlar, ateroskleroz, arterial gipertoniya, qandli diabet va yurak aritmiyasi kabilardir.

 

Insultga olib keluvchi eng xatarli omillardan biri — arterial gipertoniya, yaʼni qon bosimining oshib ketishidir. Shuningdek, ateroskleroz ham insultga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Aytish joizki, yosh ulg‘aygan sayin ateroskleroz kasalligi ko‘p uchray boshlaydi. Shuning uchun ham asosan katta yoshlilar insult bilan kasallanadi.

 

Chekish insult rivojlanishini deyarli 2 barobarga oshiradi. Bu illat qon ivishini kuchaytirib, tromblar hosil bo‘lishini tezlashtiradi va tomirning ichki devorini zararlaydi, tomir torayib, unda qon aylanishi sustlashib boradi.

 

Bundan tashqari, spirtli ichimliklar isteʼmoli ham insultning rivojlanish xavfini bir necha barobarga oshirishi isbotlangan. Shu bois kasallikning oldini olish uchun albatta to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish zarur.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Insult nega yoshlar orasida ham uchramoqda? | Zamon.uz