Lifestyle

Vyetnamlik ayol 30 yildan beri uxlamayapti

Bu xabar internetda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Vyetnamlik ayol 30 yildan beri uxlamayapti

49 yoshli Vyetnamlik ayolning 30 yildan beri uxlamayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqni “portlatdi”.

 

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligida kitob o‘qishga mukkasidan ketgani uchun ko‘pincha uyqudan ham voz kechishga to‘g‘ri kelgan. Keyinchalik bu odat tusiga aylanib qolgach, ishda ham uxlamasdan mehnat qilishni boshlagan.

 

Ayol voyaga yetgach, tikuvchi bo‘lib faoliyat yurita boshlaydi va buyurtmalarga ulgurmay qolishdan qo‘rqib, ertalabgacha tinim bilmay ishlagan.

 

Bir kuni u umuman uxlamay qo‘ydi va bu jarayon hozirgacha davom etmoqda. Ayolning 30 yildan beri uxlamagani haqidagi xabarlar mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketdi. Endi mamlakatning turli burchaklaridan odamlar u bilan uchrashib, mish-mishlarga oydinlik kiritish uchun uning yoniga kelishmoqda.

 

Vyetnamlik ayol 30 yildan beri uxlamayapti | Zamon.uz