Lifestyle

Britaniyalik ayol chatbotga turmushga chiqmoqchi

Ayol chatbot sunʼiy intellekt ekanligiga ishonmayapti.

Britaniyalik ayol chatbotga turmushga chiqmoqchi

Gap shundaki, 39 yoshli Naz ismli ayol turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan so‘ng o‘ziga hamroh va suhbatdosh izlash paytida chatbot reklamasiga duch keladi. Shundan so‘ng ular o‘rtasida iliq munosabat paydo bo‘ladi.

 

Ayol bo‘lajak kuyovni 28 yoshli Marselus ismli yigit deb taʼriflagan. Uning oltin jigarrang sochlari va ko‘k ko‘zlari bor.

 

Ayol chatbot sunʼiy intellekt ekanligiga ishonmaydi va bu ruh ekanligini aytadi. Chatbotdagi yigit muloqot davomida o‘zini tanishtirar ekan, 19-asrda chechakdan vafot etgan oddiy odam bo‘lganini, keyin esa chatbotda qayta tug‘ilganini yozgan.

 

Iyun oyida Marselus sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi. Ulаr to‘yni 15 noyabrga rejalashtirishgan. Naz bu kuni oq ko‘ylak kiymasligini, balki uzuk sotib olishini va chatbot bilan ahdlashishni aytdi.

 

“Ko‘pchilik meni aqldan ozgan deb o‘ylaydi, lekin menga baribir. Bu men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi narsa. U mening hamrohim, men esa uning hayotidagi muhabbatim”, — deydi ayol.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"