Xitoy banki 100 ming dona yirtilgan pulni mijozga tiklab berdi
Buning uchun xodimlarga 22 kun vaqt ketgan.

Chjan ismli ayol Xitoydagi bank filialiga borib, 100 000 ta shikastlangan banknotlarni xodimlarga topshirdi. Mijozning so‘zlariga ko‘ra, uning kelini stressga tushib qolgan payti pullarni qaychi bilan kesib tashlagan.
Oila qiyin ahvolda kun kechiradi, ularning bundan boshqa pullari yo‘qligi sabab ayol bankka murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Bank xodimlari esa bu talabni bajarishga rozi bo‘lishadi.
Ishchilarning qo‘shimcha qilishicha, pullarning baʼzilari shunchalik kichik kesilganki, ularni asta-sekin yig‘ish kerak edi.
Butun jarayon 22 kun davom etdi va shu vaqt ichida ular 32 ming yuanni (4,4 ming dollar) yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. Shundan so‘ng bank yig‘ilgan qog‘ozlarni yangilariga almashtirib, Chjanga topshirdi. Ayol bunga javoban xodimlarga minnatdorchilik so‘zlari yozilgan ipak bayroqni sovg‘a qildi.







